Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi 165 yillik masjid dunyo musavvirlarini lol qoldirmoqda
Turkiyaning shimoliy Artvin provinsiyasidagi masjidi Usmoniylar sulolasi davrida bunyod etilganiga qaramay, o‘zining zamonaviy san'at asaridek ko‘rinishi tufayli ko‘plab musavvirlarning e'tiborini jalb qilib keladi. Daily Sabah shu haqida xabar berdi.
Borchkadagi Artvin tumanining olti qishlog‘idan birida joylashgan 165 yillik Iremit masjid binosining yog‘och tuzilmasiga ro‘yan (4-6 bargli Yevroosiyo o‘simligi) ildizidan olingan bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan.
Qishloq raisi Metin Bayramning so‘zlariga ko‘ra, Irmit masjidi 1851 yilda Usmoniylar sulolasi davrida barpo etilgan va hali-hanuz o‘z tarovatini yo‘qotmagan. Bayramning ta'kidlashicha, masjid Gruziyadan 3 kilometr masofada joylashgan.
"Masjid shamol ko‘p bo‘ladigan hududda joylashganligi tufayli so‘nggi yillarda uning yog‘och tuzilmasiga ancha ziyon yetdi, shundan so‘ng u hozirgi joyiga ko‘chirildi", - dedi Bayram.
Turk oqsoqoli ushbu tarixiy masjidni kelgusi avlodga yetkazib berish istagini bildirdi.
Shimoliy qishloqqa tashrif buyuruvchi butun dunyo musavvirlari ushbu ko‘hna masjidning zamonaviy san'at asari ekanligini e'tirof etib, bundan hayratga tushishmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025