Fan-texnika | 07:53 / 15.12.2016
3874
1 daqiqa o‘qiladi

Yahoo milliardlab foydalanuvchilarning ma'lumotlari o‘g‘irlanganini ma'lum qildi

Foto: imago stock&people / Globallookpress.com

Noma'lum xakerlar 2013 yilda Yahoo servislarining bir milliarddan ko‘proq foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniya saytida chop etilgan xabarda aytilgan.

Kompaniyada ma'lum qilinishicha, gap foydalanuvchilar ism-shariflari, elektron pochtalari, telefon raqamlari, tug‘ilgan sanalari, parollar va ularni o‘zgartirish uchun tanyach savollar kabi ma'lumotlar haqida ketmoqda. Kompaniyada taxmin qilinishicha, xakerlar foydalanuvchilarning bank kartalari va hisob-raqamlari haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kirita olishmagan. 

Ushbu holat sababli Yahoo barcha foydalanuvchilarni parollarini o‘zgartirishga hamda kiberhujumni tergov qilayotgan huquq-tartibot muassasalari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Kompaniyada bu hujum 2014 yilda 500 mln akkauntni buzib kirish bilan bog‘liq  emasligi taxmin qilinmoqda. 

 

Mavzuga oid