To‘ytepa shahri Toshkent viloyatining ma'muriy markaziga aylantiriladi

Foto: 1news.uz
Toshkent viloyatining ma'muriy markazi tez orada O‘zbekiston poytaxtidan To‘ytepa shahriga o‘tkaziladi. Ayni vaqtda, shahar Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanining ma'muriy markazi hisoblanadi.
Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi ma'ruzasida so‘z yuritdi.
«Ikki-uch yildan so‘ng, To‘ytepa to‘liq yangi ko‘rinish kasb etadi: bu yerda yangi uylar paydo bo‘ladi. Toshkentdan bu shaharga tezyurar avtomagistral quriladi», — degan Mirziyoyev.
2016 yil 15 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgani, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgani xabar qilingan edi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Angren shina zavodi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Shukurullo Boboyev Toshkent viloyati hokimi etib saylangandi.
1973 yilda shahar maqomini olgan To‘ytepada 29 mingdan ortiq aholi istqomat qiladi. U To‘ytepa temir yo‘l bekatidan 4 km uzoqlikda, Toshkent-Qo‘qon avtoyo‘li yonida, Toshkent shahridan 25 km janubda joylashgan.
Mavzuga oid

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025