Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan ayol ushlandi
Fuqaro F.Jumaniyazov oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarga tayyorlanish maqsadida repetitor qidirib yurganida Mastura Qabulova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bilan tanishib qoldi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Mastura unga oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish uchun tayyorlanish shart emasligini, puli bo‘lsa Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tanishlari orqali kiritib qo‘yishini aytdi. Gap orasida xizmat haqi 6000 AQSh dollari bo‘lishini ham qistirib o‘tdi.
Biroq qonunni yaxshi tushungan F.Jumaniyazov Masturaning harakatlari noqonuniy ekanligini bilib, bu haqda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi.
Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mastura F.Jumaniyazovdan 6000 AQSh dollarini olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.
Mastura yoshi 30 ga to‘lmay turib, firib yo‘liga kirdi. Qilmish-qidirmish, deganlaridek, u qonun oldida javob berdi.
Mavzuga oid
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
17:21 / 05.04.2025