Pentagon Xitoydan egallab olingan suvosti dronini qaytarishni talab qildi
Pentagon Xitoydan Janubi-Xitoy dengizida razvedka maqsadida bo‘lgan hamda egallab olingan suvosti dronini qaytarishni talab qildi. Bu haqda CNN yozmoqda.
«Biz Xitoyni bizning suvosti uskunamizni darhol qaytarib berishga va xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga chaqiramiz», - deya ma'lum qildi Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk.
Amerika mudofaa vazirligi vakilining ta'kidlashicha, bu AQShning suveren mulki bo‘lib, uni egallab olish noqonuniydir. Shuningdek, Pentagonda bunday holatlar boshqa qaytarilmasligiga umid bildirilgan.
Ma'lumot uchun, AQSh suvosti droni xitoylik harbiylar tomonidan 15 dekabr kuni egallab olindi. U Janubi-Xitoy dengizida maxsus topshiriqni bajarayotgan bo‘lgan.
AQSh harbiy dengiz kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, egallab olingan qurilma ochiq okeanografik tadqiqot dasturi doirasida harakat qilgan: tuz, harorat va suv tozaligi darajasini o‘lchagan.
Hodisa AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Xitoy iqtisodiy siyosati va mamlakatning Janubi-Xitoy dengizidagi faolligini tanqid qilinishi fonida yuz berdi.
Mavzuga oid
20:15 / 01.10.2024
Pentagon yangi yadroviy kallaklarga ega raketalarni ishlab chiqarishga 2,1 mlrd dollar ajratdi
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
11:30 / 17.09.2024
Pentagon Nigerdan AQSh kuchlarini olib chiqishni yakunladi
10:50 / 14.09.2024