Jahon | 12:00 / 18.12.2016
6225
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda navbatdagi terakt oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi
Yamanning Adan shahrida sodir etilgan terakt kamida 30 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda mahalliy harbiylar va tibbiyot xodimlariga asoslanib, Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. U o‘zini Adan shahri shimoli-sharqida o‘z xizmat haqini olish uchun yig‘ilgan harbiylar guruhi oldida portlatib yuborgan. Bu portlash oqibatida yana o‘nlab kishilar jarohatlangani aytilmoqda.
Bir hafta oldin Adanda xizmatga yangi chaqirilgan harbiylar lagerida ro‘y bergan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024