Jahon | 16:40 / 19.12.2016
7406
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik sportchi qiz 923ta tosh g‘ishtini sindirib Ginness rekordlar kitobiga kirdi (video)

Buyuk Britaniyalik txekvondo ustasi Liza Dennis bir daqiqada niqoblanmagan qo‘l yordamida cherepitsalarni sindirish bo‘yicha ayollar o‘rtasida Ginness rekordlar kitobi talabini bajardi, deb xabar qilmoqda UPI.

Sportchi ayol Guinness World Records Italian Show teleko‘rsatuvi chog‘ida bir daqiqada 923 dona plitkani kafti bilan urib sindirgan. 

Dastlab, Dennis ikki qo‘lidan foydalanib, o‘ntadan ustun shaklida terilgan cherepitsalarning uchdan ikki qismini sindirishning uddasidan chiqqan. Qolgan vaqt mobaynida sportchi o‘ng qo‘lining imkoniyatlariga ishongan. Shu sababli, u avval boshda rejalashtirganidek, mingta plitkani sindirishning uddasidan chiqa olmagan. 

Britaniyalik ayol tomonidan ko‘rsatilgan natija Ginness rekordlar kitobiga kiritiladi. Erkaklar orasidagi bunday rekord esa, uning turmush o‘rtog‘iga tegishli. 

Mavzuga oid