Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida “nol” xarid qiymatidagi davlat mulki obektlariga investorlarni jalb etmoqchi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan investitsiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida beriladigan davlat mulki obektlariga investorlarni jalb etish yuzasidan tadbirlar o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.
Ushbu tadbirlar tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq joriy yilning 20-22 dekabr kunlari Toshkent viloyatining yirik shahar va tuman markazlarida Davlat raqobat qo‘mitasi rahbarlari, davlat boshqaruvi va xo‘jalik organlari mas'ul xodimlari hamda tadbirkorlik sub'yektlari bilan joylarga chiqqan holda o‘tkaziladi.
Bunda tadbirkorlik sub'yektlariga xususiylashtirish sohasida yaratilgan qulayliklar, xususiylashtirish obektlari, “nol” xarid qiymatida beriladigan davlat mulki obektlariga kiritiladigan investitsion talablar haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Xususiylashtirilishi belgilangan davlat mulki obektlari negizida loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha takliflar Davlat raqobat qo‘mitasi va uning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.
Ushbu tadbirda ishtirok etishni istagan barcha tadbirkorlar qo‘shimcha ma'lumot uchun 268-29-77 va 259-21-38 telefon raqamlari murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024