Fan-texnika | 07:35 / 19.12.2016
4252
1 daqiqa o‘qiladi
Elon Mask yer osti tunnellari burg‘ilovchi kompaniya ochmoqchiligini e'lon qildi
17 dekabrda Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari yo‘ldagi avtomobil tirbandliklari muammosini yer osti tunnellari yordamida hal qilmoqchiligi haqida bir necha xabarlarni chop etdi. "Tirbandliklar meni aqldan ozdirmoqda. Men tunnellar burg‘ilovchi mashina yaratib, shunchaki qazishni boshlamoqchiman", deb yozgan tadbirkor.
Recode nashrining ta'kidlashicha, Maskning tvitterda bildirgan bu istaklari uning Donald Tramp tomonidan iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchi qilib tayinlanganidan keyin asosga ega bo‘lishi mumkin. Trampning gaplariga ko‘ra, u AQShda infratuzilmani qayta qurish uchun trillion dollarlar sarflamoqchi.