Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda jamoat joyida so‘kinganlar jarimaga tortiladi
Qirg‘iziston parlamenti jamoat joylaridagi mayda bezorilik uchun jazo turlarini o‘zgartirdi. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar deputatlar tomonidan ma'qullangan.
Unga ko‘ra, jamoat joylarida so‘kinish, fuqarolarga tegajonlik qilish va shu kabi harakatlar uchun eng kam ish haqining 15 baravarigacha jarima hamda 8 soatlik jamoatchilik ishlariga jalb qilinish yoki 5 sutkaga ma'muriy qamoqqa olinish ko‘zda tutilgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan amalga oshirilgan mayda bezorilik esa ota-onasi tomonidan eng kam ish haqining 10 baravarigacha miqdorda jarima to‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Ish joyida spirtli ichimlik iste'mol qilish ham yuqoridagi jarima bilan jazolanadi.
Giyohvand yoki psixotrop moddalarni, shuningdek spirtli ichimliklarni ko‘chalar, stadionlar, bog‘lar, ko‘p qavatli uylar hovlisida, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste'mol qilish yoki bu yerlarda mast holda paydo bo‘lish eng kam ish haqining 10 baravarigacha ma'muriy jarima va 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘zgarishlarga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslarni tilanchilik, spirtli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalarni iste'mol qilishga jalb etish eng kam ish haqining 50 dan 100 baravarigacha jarima hamda 8 soatlik jamoat ishlariga jalb etishga sabab bo‘ladi.
Parlament deputatlarining 111 tasi ushbu o‘zgartirishlarni yoqlab ovoz berishgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025