Fan-texnika | 13:17 / 19.12.2016
9351
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi barcha avtobus bekatlariga ma'lumot tablolari o‘rnatiladi

Foto: tshtx.uz

«Toshshahartransxizmat» Toshkentdagi barcha avtobus bekatlariga ma'lumot tablolarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Ayni damda avtobuslar harakati va boshqa foydali ma'lumotlar (valyutalar kursi, ob-havo) bo‘lgan tablolar bir necha bekatlarda o‘rnatilgan. Ular orasida: «6-chi tug‘ruqxona», «Dunyo supermarketi», «Chimyon do‘koni» va «Grand Mir Hotel» bor.

Tablolar bir sutka davomida 24 soat ishlamoqda. Shu bilan bir qatorda, avtobuslar harakati haqidagi ma'lumot 6:00 dan 23:00 gacha taqdim etiladi.

Loyiha «Toshshahartransxizmat» va «Toshtransdispetcherxizmat» tomonidan Grand Technology Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid