Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning F-35 qiruvchi samolyotlari Yaponiyaning Ivakuni shahriga joylashtiriladi
Yaponiyaning Yamaguti prefekturasidagi Ivakuni shahri hokimiyati shahardagi Amerika harbiy bazasida beshinchi avlod F-35 ko‘rinmas qiruvchi samolyotlarini joylashtirishni ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.
Xabarlarga ko‘ra, Ivakuni hokimi Yosixiko Fukuda shahar kengashining 20 dekabrdagi majlisida ruxsat bergan. Bu masalani ijobiy hal qilish shu oy boshlarida Amerikaning F/A18 hujumchi samolyoti halokatga uchragani sababli ortga surilayotgan edi.
Kiodo agentligining xabar qilishicha, AQShning rejasiga binoan, Ivakunidagi harbiy bazada 2017 yil yanvaridan 16 ta F-35 qiruvchilari joylashtiriladi. Ular F/A-18 va AV-8 Harrier samolyotlarining o‘rnini egallaydi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025