Jahon | 07:51 / 21.12.2016
8377
1 daqiqa o‘qiladi

Kongoda xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni otib tashladi

Foto: Reuters

Kongo Demokratik Respublikasi xavfsizlik kuchlari mamlakat poytaxti Kinshasa va boshqa shaharlarda prezident Jozef Kabilaning iste'foga ketishini talab qilib ko‘chalarga chiqqan namoyishchilardan kamida 26 nafarini otib tashladilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, noroziliklar 20 dekabrda Kabila prezidentlik saylovlarini o‘tkazmay turib, hokimiyat tepasida qolgandan keyin boshlangan.  

Shuningdek, o‘nlab namoyishchilar hibsga olingan. 

Avvalroq politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab kishilar jarohat olgani ma'lum qilingandi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid