Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati Berlindagi terrorchi haqidagi ma'lumot uchun mukofot va'da qildi
Germaniya prokuraturasi Berlindagi terakt ijrochisi sifatida qaralayotgan, kelib chiqishiga ko‘ra tunislik bo‘lgan Anisa Amri haqidagi ma'lumot uchun 100 ming yevro miqdoridagi mukofot e'lon qildi. Bu haqda Spiegel Online xabar tarqatgan.
Ushbu yigit ayni vaqtda Germaniya bo‘ylab qidirilmoqda. Uni qidirish ishlariga Yevropol ham jalb etilgan.
Shuningdek, Germaniya hukumati Tunisga ham Amrining qarindoshlarini so‘roq qilish bo‘yicha murojaat etgan. Uning otasi o‘g‘li bilan 7 yildan buyon aloqada emasligini bildirgan.
Amri 1992 yilda Tunisda tug‘ilgan. U 2015 yilning iyulida Germaniyaga kelgan. 2016 yilning fevralida u huquq-tartibot organlari ro‘yxatiga tushgandi. Maxsus xizmatlar uning IShID bilan aloqadorligidan gumon qilgan.
19 dekabr kuni Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasida yig‘ilgan kishilar ustiga bostirib borishi orqali terakt sodir etildi va 12 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
14:15 / 08.05.2025
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
14:49 / 10.02.2025
Berlinda - Germaniya siyosatidagi o‘ng burilishga qarshi yurish
11:34 / 01.01.2025