Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi
O‘tgan yakshanba kuni Berlin metrosida bir kishi pichoqlab o‘ldirildi. Inqirozli yig‘ilish yakunlari bo‘yicha barcha jamoat transportida pichoq va boshqa qurol olib yurishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Berlin ichki ishlar senatori Iris Shpranger butun jamoat transporti tizimida pichoq va boshqa qurollarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Taqiq poyezdlar, metro, shahar poyezdlari (S-Bahn), mintaqaviy poyezdlar, avtobuslar, tramvaylar va paromlarga nisbatan qo‘llanadi, deb xabar berdi Tagesspiegel gazetasi 17 aprel, payshanba kuni.
Nashrning qayd etishicha, bu qaror 17 aprel kuni Ichki ishlar departamenti, Berlin politsiyasi, federal politsiya, BVG transport kompaniyasi, Deutsche Bahn temiryo‘l konserni va transport idorasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan. Senatning ichki ishlar bo‘yicha vakili yaqin orada pichoq va boshqa qurollarni olib yurishni taqiqlovchi nizom e’lon qilinishini aytdi.
Bunday taqiq bir muncha vaqtdan beri muhokama qilingan bo‘lsa-da, dastlab cheklangan taqiq ko‘rib chiqildi — faqat ayrim o‘ta xavfli stansiyalar, marshrutlar va jinoyatlarning «qaynoq nuqtalari» deb nomlanuvchi liniyalar uchun. Biroq, fojiali voqea — o‘tgan shanba kuni Kayzerdamm va Sofi-Sharlott-Plats o‘rtasidagi U12 poyezdida pichoqlash yuz bergandan so‘ng butunlay taqiq qo‘yish qarori tezlashtirildi, deya ta’kidlaydi Tagesspiegel.
Mavzuga oid
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
14:15 / 08.05.2025
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
12:55 / 01.03.2025