Sport | 09:36 / 23.12.2016
3450
3 daqiqa o‘qiladi

A seriya, 18-tur. «Roma» «Kevo»ni yengdi, «Napoli» Florentsiyada durang o‘ynadi va boshqa natijalar

Italiya chempionatining 18-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

22 dekabr oqshomida yana 6ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Fiorentina» va «Napoli» Florentsiyada uchrashdi. Bu uchrashuvda 6ta gol urildi - 3:3.

24-daqiqada Lorentso Insine hisobni ochgandi. Mezbonlar ikkinchi bo‘lim boshida hisobni tenglashtirishga erishdi - Federiko Bernardeski gol muallifi. 3 daqiqa o‘tib Dris Mertens mehmonlarni oldinga boshladi. Ammo Bernardeski dubl qayd etib, muvozanatni tikladi - 2:2. 82-daqiqada esa Mauro Sarate «Fiorentina»ni hisobda oldinga olib chiqdi. «Napoli»ni mag‘lubiyatdan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan gol qutqardi - Manolo Gabbyadini penaltini aniq amalga oshirdi.

Italiya birinchiligi turnir jadvalida «Fiorentina» 27 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan, «Napoli» esa 35 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Roma» Rimdagi «Olimpiko» stadionida «Kevo»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi (3:1).

«Kalyari» va «Sassuolo» uchrashuvida gollar shousi kuzatildi - 4:3. Birinchi bo‘lim vaqtidayoq mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Shunga qaramay bu jamoa ikkinchi bo‘lim boshida 3:1 hisobida oldinda edi. Ammo 11 kishi bo‘lib harakat qilgan sardiniyaliklar jamoasi vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirishga erishdi. 

Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Torino» «Jyenoa»ni yengdi (1:0), «Palermo» va «Peskara» uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi - 1:1,  «Sampdoriya» ham «Udineze» bilan golsiz durang qayd etdi.

Italiya chempionati
18-tur
Fiorentina - Napoli 3:3 (0:1). 
Gollar: Insine, 25 (0:1). Bernardeski, 52 (1:1). Mertens, 68 (1:2). Bernardeski, 69 (2:2). Sarate, 82 (3:2). Gabbyadini, 90+4-penalti (3:3).
Fiorentina – Teterushanu, Salsedo, Tomovich, Astori, Olivera, Vesino, Badel (Sanches, 73), Keza (Diks, 87), Kristoforo (Sarate, 73), Bernardeski, Kalinich.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kirikesh (Maksimovich, 43), Gulyam, Zelinski (Allan, 70), Diavara (Gabbyadini, 86), Gamshik, Kalexon, Mertens, Insine.
Ogohlantirishlar: Albiol (1), Kalinich (3), Reyna (45), Olivera (45), Maksimovich (50), Tomovich (53), Bernardeski (70), Sarate (83).

Roma – Kevo 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 37 de Guzman, 1:1 – 45 El-Shaaravi, 2:1 – 52 Djyeko, 3:1 – 90, penalti Perotti.
Roma – Shchensni, Ryudiger, Fasio, Vermalen, Bruno Peres, Strotman, Nainggolan, Emerson, Salax (Perotti, 82), Djyeko (Iturbe, 90), El-Shaaravi.
Kevo –    Sorrentino, Isko (Kosta, 41), Gamberini, Daynelli, Frey, de Guzman, Radovanovich, Rigoni, Birsa (Basten, 59), Ingleze (Pellisse, 75), Medjorini.
Ogohlantirishlar: Daynelli (45), Rigoni (88).

Kalyari - Sassuolo 4:3 (1:2). 
Gollar: Sau, 14 (1:0). Adjapong, 30 (1:1). Pellegrini, 33 (1:2). Acherbi, 58-s penalti (1:3). Borrello, 62 (2:3). Farias, 73 (3:3). Farias, 76 (4:3).

Palermo - Peskara 1:1 (1:0). 
Gollar: Kuayson, 33 (1:0). Biragi, 90+3-penalti (1:1).

Sampdoriya - Udineze 0:0.

Torino - Jyenoa 1:0 (0:0). 
Gol: Belotti, 49 (1:0).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid