Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada terrorchilik tahdidi darajasi oshirildi
Janubiy Koreya hukumati Berlin va Anqaradagi hujumlar ortidan mamlakatda terrorchilik xavfi oshgani haqida e'lon qildi.
"Chunan ilbo" nashrining yozishicha, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat kengashida ogohlikni oshirib, jamoat joylarida hujumlar oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni tayyorlash yuzasidan qaror qabul qilingan.
Xususan, birinchi navbatda hukumat mamlakatning chet eldagi fuqarolarini o‘zlarini hujumlardan asrash yo‘llaridan xabardor qiladi. Bundan tashqari, respublikaning Seul va Pusan kabi yirik shaharlarida aksilterrorchilik organlari majlislari bo‘lib o‘tadi.
Kengashda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda IShID tomonidan olib borilayotgan faol targ‘ibotchilik faoliyatiga qarshi kurashish zarurligi aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni Anqaradagi ko‘rgazma ochilishida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov qotil tomonidan otib tashlandi. Ushbu suiqasd Rossiya TIV tomonidan terakt sifatida baholandi.
Shu kuni Berlin shahrining markaziy qismida Rojdestvo yarmarkasiga chiqqan odamlar ustigayuk mashinasi bostirib borishi natijasida 12 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi yaralangandi. Bu hodisa ham Germaniya hukumati tomonidan terakt sifatida baholandi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025