Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada olti ming kishi qor sabab ikki kecha aeroportda qolib ketdi
Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi “Yangi Titose” aeroportida olti ming kishi kuchli qor va shamol tufayli payshanbadan beri ushlanib qolishga majbur bo‘lgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Sapporoda juma kuni 96 santimetr qor yoqqan – 1966 yildan beri ilk bora dekabrdagi qor miqdori 90 santimetrdan oshdi. “Yangi Titose” aeroportida 287 reys qoldirildi. Noqulay ob-havo sharoiti yer usti transportiga ham ta'sir ko‘rsatdi – 262 elektropoyezd harakati bekor qilingan. Yo‘lovchilar esa elektrichkalar harakati bo‘lmagani tufayli ikki kecha davomida aeroporti binosida qolishga majbur bo‘lishdi.
Aeroportda choyshab va issiq kiyimlar yetishmovchiligi kuzatilgan. Ma'muriyat esa o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlariga murojaat qilishgach, ular bunday narsalarni yetkazib berishdi.
Shanba kuni ertalab aviaparvozlar tiklandi. Yer usti transporti harakatining tiklanishi esa temir yo‘llarini qordan tozalashga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025