Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosniya poytaxtida davlat raqami juft va toq songa tugovchi avtomobillar navbatma-navbat harakatlanadigan bo‘ldi
So‘nggi paytlarda Bosniya poytaxti Sarayevoda haddan ziyod ifloslangan havo kuzatildi. Bu favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining yo‘llarda harakatlanuvchi avtomobillar sonini cheklashiga sabab bo‘ldi. Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi.
25 dekabr, yakshanba kuni ko‘chalarda davlat raqami faqat juft songa tugovchi avtomobil egalari harakatlanishiga ruxsat berildi. Shahardagi favqulodda vaziyatga barham berilgunga qadar davlat raqami juft va toq songa tugovchi avtomobillar ko‘chalarda navbatma-navbat harakatlanishadi.
Chuqur vodiyda joylashgan, to‘rt tomondan baland tog‘lar bilan o‘ralgan, 520 000 nafar aholi yashovchi Sarayevo shahri tuman, smog va chang-to‘zonga moyil.
Dekabr oyi boshidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, Bosniya poytaxtidagi vaziyat yomonlashgan.
Manbaga ko‘ra, shanba kuni kunduzi havodagi zarrachalar konsentratsiyasi me'yordan 11 karra ko‘p ekanligi aniqlangan.
Meteorologlar yaqin kunlarda ob-havo sharoiti vaziyatga yanada murakkab tus berishini taxmin qilishmoqda.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
15:02 / 07.02.2025
Ifloslangan havodan nafas olishning yana bir xavfli tomoni aniqlandi
21:33 / 02.02.2025
Tehron maktablarida havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli darslar bekor qilindi
17:37 / 31.01.2025