Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan hamkorlikka katta umid bog‘lamoqda
Qirg‘iziston prezident Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga qilgan tashrifidan mamnun. Bu haqida prezidentning tashqi siyosat bo‘limi rahbari Sapar Isoqovning so‘zlariga asoslanib, 24.kg sayti ma'lum qildi.
"Samarqandga tashrifimiz yuqori darajada kechdi. Biz safar natijalaridan juda mamnunmiz. Ikki tomonlama muzokaralarda bugungi kundagi muhim bo‘lgan deyarli barcha masalalar muhokama qilindi", - dedi u.
Ikki davlat rahbari uchrashuvi davomida aynan qanday loyihalar muhokama etilgani to‘g‘risidagi savolga Sapar Isoqov shunday javob berdi: "Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, bizning munosabatlarimiz ijobiy tus olgan. Men muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha brifing o‘tkazilgunga qadar bu haqida gapirishni istamasdim".
"Shu jumladan mintaqaviy loyihalar ham muhokama qilindi. Bizning xitoylik hamkasblarimiz Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha loyihalar taklif qilishdi. Masalan, u yerda uch tomonlama temir yo‘l qurish loyihasi bor. O‘zbek do‘stlarimiz XXRning bu g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi. Umuman olganda, bu uch tomonlama formatda muhokama qilinadi", - deya qo‘shimcha qildi Sapar Isoqov.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024