Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytda yaxtada chiqqan yong‘in natijasida bir oilaning 6 a'zosi halok bo‘ldi
Kuvayt janubidagi Hayran kurortidagi yaxtada chiqqan yong‘in natijasida bir oilaning 6 nafar a'zosi, shu jumladan 2 nafar bola halok bo‘ldi, yana 4 nafar kishi jarohat oldi. Bu haqida Kuvaytning "Al-Rai" nashri xabar berdi.
Oila a'zolari yaxtada sayrga chiqqan bo‘lishgan. Kutilmaganda ularning yaxtasi qayiqqa urilgan va natijada kuchli yong‘in kelib chiqqan.
Qutqaruvchilar va tibbiy personal ko‘rsatgan yordamga qaramay, yaxtadagi qurbonlar soni ko‘p bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga 11 tez yordam mashinasi va 2 tibbiy evakuatsiya vertolyoti yetib kelgan.
Fojia sabablarini o‘rganish uchun tergov ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025