Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yaponiya harbiy baza xizmatchilarining immuniteti cheklanadi
AQSh va Yaponiya harbiy baza xodimlari immunitetini jinoiy ta'qibdan cheklashga doir kelishuvni imzolashadi. Bu haqida Japan Today nashri xabar berdi.
Joriy yilning yozida Yaponiyada ayol kishining o‘limi qayd etilganidan keyin ikki mamlakat hukumati yapon hukumati jinoiy ta'qibidan immunitet taqdim etiluvchi Amerika harbiy bazalari xodimlarining maqomini muvofiqlashtira boshladi.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri tomonlarning muzokaralar davomida "harbiy bazaning fuqarolik personali" tushunchasini muvofiqlashtirgani haqida ma'lum qildi. Shuningdek u amerikaliklar bilan kelishuvni Obamaning prezidentlik muddati tugamasidan imzolashga umid qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, insonning aniq yuridik maqomi va u haqidagi to‘liq ma'lumot kelajakda jinoyatlar sonini qisqartirishga imkon beradi.
Bundan avval OAVda shu yilning may oyida Okinavada AQSh harbiy bazasi xizmatchisi 20 yoshli qizning nomusiga tajovuz qilish va o‘ldirishda ayblanib, hibsga olingani haqida yozgilgandi. Bu voqea shusiz ham amerikalik harbiylarning orolga joylashuvi tufayli muntazam ravishda norozilik aksiyalarini tashkillashtiruvchi aholi orasida ommaviy noroziliklar to‘lqinini keltirib chiqardi.
Ushbu hodisa Vashington va Tokio o‘rtasidagi "AQSh harbiy bazalarining xodimlari"ga doir muzokaralar jarayonini tezlashtirdi. Natijada tomonlar mahalliy aholidan ishga olingan fuqarolar (jinoyatni sodir etgan kishi kabi) "Qo‘shinlar maqomi to‘g‘risida"gi kelishuvga muvofiq imtiyozlarga ega bo‘lmasligini tasdiqlashdi.
Ikki tomonlama kelishuv doirasida Yaponiya hududida 50 mingga yaqin amerikalik harbiy joylashtirilgan, ularning yarmidan ko‘pi Okinavada.
1960 yilda imzolangan "Qo‘shinlar maqomi to‘g‘risida"gi kelishuv Amerika harbiy bazalarining shaxsiy tarkibi va xizmatchilarini Yaponiya hukumati tomonidan jinoiy ta'qibga nisbatan immunitet bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025