Iqtisodiyot | 15:31 / 29.12.2016
7110
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon tovarlarni yetkazib berishning innovatsion usulini o‘ylab topdi

Amazon kompaniyasi tovarlarni saqlash va yetkazib berish tizimiga patent arizasini topshirdi. Yangi tizimda dirijabllar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llaniladi. Bu haqida patent xizmatining saytida ma'lum qilindi.

Amazon dirijabllardan muayyan hududlarga jo‘natiluvchi u yoki bu tovarlarni saqlovchi ombor sifatida foydalanmoqchi. Uchuvchisiz qurilmalar esa bevosita xaridorlarning o‘ziga mahsulotni yetkazib beradi. Bunday tizim tovar yetkazib berish vaqtini keskin kamaytiradi. 

Dekabr oyi boshida Amazon birinchi marta uchuvchisiz qurilma yordamida xaridorga tovarni yetkazib berdi. Buyuk Britaniyada yashovchi mijoz televizion pristavka va pop-korn buyurtma qilgandi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, u buyurtma rasmiylashtirilgandan 13 daqiqa o‘tib tovarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 

Mavzuga oid