Jahon | 18:24 / 29.12.2016
7650
1 daqiqa o‘qiladi

Putin tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosarini tayinladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Antonovni Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Shu bilan bir qatorda, Antonov Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan. U bu vazifada 2011 yilning fevral oyidan boshlab ishlab kelgandi.

Anatoliy Antonov

Avvalroq, Vladimir Putin Kreml ma'muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenkoni “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi kuzatuv kengashi raisi etib tayinlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid