Jahon | 10:40 / 29.12.2016
15178
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vazirligi Tu-154 halokati karikaturasiga munosabat bildirdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Charlie Hebdo hajviy jurnalida chop etilgan, Qora dengiz ustida halokatga uchragan Tu-154 mavzusidagi karikaturalarga e'tibor qaratishning o‘zi "normal inson uchun pastkashlik" ekanligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Bu parijlik ikki oyoqlilar tomonidan qog‘ozdagi navbatdagi axlat – umuman ta'sir qilmaydi. Bu rozilikka e'tibor qaratish normal odam uchun pastkashlikdir", deb aytdi Konashenkov.

Konashenkov "g‘arb qadriyatlarini" ta'riflovchi bunday "ijod" sababli uning tashuvchilari va himoyachilari kelajakda kamida yolg‘izlikka" mahkum qilinganlar, deb aytdi.

Avvalroq hajviy jurnal o‘zining 28 dekabrdagi sonida Tu-154 halokatiga karikatura chop etgani ma'lum qilingandi

Mavzuga oid