Fan-texnika | 21:40 / 30.08.2017
13151
2 daqiqa o‘qiladi

Samolyot o‘rindig‘i o‘rnatilgan 68 yillik “Moskvich”ga million rubl so‘raldi

Foto: auto.ru

Omsklik Aleksey Nazarov to‘liq restavratsiya qilingan, 1949 yilda ishlab chiqarilgan 400-seriyadagi “Moskvich”ini sotuvga qo‘ydi. Nazarov mashinani tiklashda hattoki samolyot detallaridan foydalandi. Jumladan, avtomobilga Tu-154 camolyoti o‘rindig‘i o‘rnatilgan. Mashina bir million rublga sotilishi Auto.ru saytida e'lon qilingan. 

“Original “Moskvich”da hech narsa, jumladan pechka bo‘lmagan. Men bu “Moskvich”ni unda xoh qish, xoh istalgan ob-havoda yurish uchun yaratdim. Bu to‘g‘rirog‘i gibriddir. Unda ko‘plab sovet mashinalari detallari bor. Hattoki samolyot va vertolyot detallari ham qo‘llangan. Misol uchun, salondagi o‘rindiqlar Tu-154’niki”, deb aytgan Nazarov “NGS Omsk” nashriga.

Foto: auto.ru

E'londa mashinaga VAZ-2103’ning 81 ot kuchiga ega dvigateli o‘rnatilgani ko‘rsatilgan. Mashina uzatmalar qutisi 5 pog‘onali. Bundan tashqari, mashinada USB va AUX raz'yomlariga ega  multimedia tizimi mavjud.

Foto: auto.ru

Nazarovning ta'kidlashicha, avtomobillarni tiklash uning xobbisidir. U bu mashinani o‘g‘lini to‘yini o‘tkazish uchun sotishga qaror qilgan. 

Foto: auto.ru

Mavzuga oid