Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi snaryadlardan o‘qqa tutildi
Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi jangarilar tomondan snaryadlardan o‘qqa tutildi, deb ma'lum qildi Rossiya tashqi ishlar vazirligining axborot va matbuot departamenti.
"Bitta mina Rossiya elchixonasi ma'muriy binolari majmuasi ichki hovlisida baxtli tasodif portlamay qoldi. Ikkinchisi esa elchixonaning bevosita yaqiniga tushgan. Portlamay qolgan snaryadlarni minasizlashtirish uchun sapyorlar jalb qilindi", deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, jangarilar snaryadlarni elchixonaga Moskva vaqti bilan soat 13.00 va 13.19da otgan.
Vazirlikda Suriya poytaxti yaqinida izg‘ib yurgan guruhlar tomonidan Rossiya elchixonasi va xodimlariga tahdid saqlanib qolmoqda, deb hisoblanmoqda va bu terrorchilik o‘choqlarini yo‘q qilish zarurligini tasdiqlaydi.
"Damashqda Rossiya elchixonasining takroran o‘qqa tutilishi tegishli baho olishi va terrorchilik tahdidlariga haqiqatan ham kurashuvchi barcha tomondan qat'iyan qoralanishi kerak", deb aytildi vazirlikda.
Rossiya elchixonasi birinchi marta hujumga uchramayapti. Oktyabrdagi shunday hujumlardan birida elchixonaga jiddiy moddiy zarar yetkazilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025