Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonda yangi turdagi o‘g‘itlarni ishlab chiqaradi
O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi va Singapurning Indorama kompaniyalar guruhi Indorama Kokand Fertilizers qo‘shma korxonasini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Bu haqida Uzdaily ma'lum qildi.
Kimyo sanoatidagi yangi qo‘shma korxona Qo‘qon superfosfat zavodi bazasida yaratilib, eng zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaradi.
Loyihada ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni jalb qilish va modernizatsiyalash bilan bir qatorda fosfat dikalsiy va kaliy sulfat kabi yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish ko‘zda tutilgan.
Qo‘shma korxonada xorijiy investorning ulushi 75 foizni tashkil qiladi. Kompaniya 80 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Loyiha yaqin 5 yil davomida, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
18:33 / 18.04.2025