Jahon | 17:33 / 01.01.2017
6892
1 daqiqa o‘qiladi

Chovusho‘g‘li: Terrorchilarning maqsadi Turkiya birdamligiga zarba berish

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Istanbuldagi tungi klubga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. U terrorchilarning maqsadi mamlakat yakdilligini bo‘lish ekani haqida gapirgan. 

Vazirning tvitterdagi sahifasida 39 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan xunrezlik qattiq qoralangan. 

«Terakt qurbonlarining oila a'zolari va boshqa yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jarohatlangan kishilar tezroq sog‘ayishini tilayman. Terrorchilarning maqsadi – bizning birdamligimizga zarba berishdir», degan vazir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid