Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In qit'alararo raketa bo‘yicha ishlar tez orada tugallanishiga va'da berdi
Shimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketalarini tayyorlashning «yakuniy bosqichida» turibdi. Bu haqda mamlakat rahbari Kim Chen In xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘llash vaqtida aytib o‘tgan.
«Agar AQSh agressiv siyosatini davom ettirsa, KXDR o‘zining harbiy salohiyatini mustahkamlaydi», — degan u.
U shuningdek, rahbariyat «parallel ravishda mamlakatning iqtisodi ham rivojlantirib borilishi» haqida gapirgan.
Bundan tashqari, Kim Chen In o‘z nutqida mamlakatini «Sharqdagi yadroviy derjava» sifatida atagan.
Bundan oldinroq, Shimoliy Koreya NATOning Pxenyandan o‘z raketa-yadro dasturini to‘xtatishga chaqirgan bayonotiga rad javobini qaytargani haqida xabar berilgandi.
O‘tgan yilning 6 yanvar kunida Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi KXDR mamlakat shimoli-sharqida vodorod bombasini muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazganini xabar qilgandi. 7 fevral kuni esa Shimoliy Koreya raketa tashuvchisi sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqani ma'lum qilindi.
Rasmiy Pxenyan yadro sinovlari o‘tkazishini AQShning agressiv siyosatidan mudofaalanish sifatida baholaydi. Raketa tashuvchisi uchirilishini esa kosmosni tinch o‘rganish sifatida tushuntiradi.
O‘tgan yilning fevralida Shimoliy Koreya KN-08 qit'alararo ballistik raketalari uchun maxsus otryad tuzdi. Ekspertlar KN-08 10 ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkinligini taxmin qilgan. Amerikalik mutaxassislar mazkur raketalarni «AQShning ogohlantirish va himoyani ta'minlash imkoniyatlarini qiyinlashtirishga qodir» qurilma deb hisoblagan.
Martda Kim Chen In ko‘rsatmasiga binoan shimoliy koreyalik mutaxassislar qit'alararo ballistik raketa jangovar kallagi uchligi haroratga bardoshliligini sinovdan o‘tkazgandi.
2016 yilning aprelida KXDRda qit'alararo ballistik raketa dvigateli sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
May oyida yana bir bor Soxe poligonida KN-08 uzoq masofadagi qit'alararo ballistik raketada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dvigatellar sinovdan o‘tkazildi.
KN-08 raketasi bilan bog‘liq sinovlar 2013 yil o‘rtalarida boshlangan. U 11 ming kilometr masofaga parvoz qilishi va AQSh hududigacha yetib borishi mumkin. Bu KXDR yadroviy xavfini yangi darajaga ko‘taradi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025