Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda "milliy qorbobo" paydo bo‘ldi
Toshkent shahrida ulkan qorbobo o‘rnatildi. Balandligi 14 metr atrofidagi bu Yangi yil sovg‘asi Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasida,
Murad Buildings barpo etgan "Uch niyat" binolari oldida qo‘r solib turibdi.
"Qor yog‘maganidan ranjish shart emas. Metalldan ham qorbobo yasasa bo‘ladi. Qolaversa, u quyosh chiqqanida erib ketmaydi", deya izoh berilgan Murad Buildings tomonidan.

Bu qorboboni o‘rnatish g‘oyasi paydo bo‘lishi bilanoq kompaniya xodimlari tegishli ishlarni boshlashgan. Uning qad rostlashiga 3 kun vaqt ketgan.
Qorboboning boshiga o‘zbekcha do‘ppi qo‘ndirilgan bo‘lib, shahar ahli uni "milliy qorbobo" deb atamoqda.



Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025