Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi yil mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yodida bir umr muhrlanib qoladigan bo‘ldi
Yangi yil o‘zgacha bir fayz, shukuh olib keladigan, bir umr esda qoladigan bayramlar sirasiga kiradi.
Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatdagi barcha ta'lim muassasalari, tashkilot va korxonalarda Yangi yilga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Termiz shahridagi “Turon” tantanalar saroyida ham Prezident archasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyatimizning tuman va shaharlaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari hamda 12-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Viloyat hokimligi, xalq ta'limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi hamkorligida tayyorlangan bayram dasturida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlarining chiqishi bolajonlarga haqiqiy bayramona sovg‘a bo‘ldi.

Tadbirda viloyat hokimi E. Turdimov yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etib, hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoit va ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rliklarga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng ko‘rkam dasturxon atrofida o‘tirgan bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi. Qalblarida bir olam quvoch bilan zavq-shavqqa to‘lib o‘tirgan yoshlarimiz timsolida farovon, fuqarolari baxtiyor xalqimizning yanada nurafshon kelajagini ko‘ramiz. Har bir kuni, tuni osoyishta, yoshlari shodu xurram Vatanda yashash o‘zi baxt emasmi, Yurtdoshim!




Mavzuga oid
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi
09:09 / 08.01.2025
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi
18:43 / 24.12.2024