Istanbul terakti ijrochiligida gumon qilinayotgan shaxsning yangi surati e'lon qilindi
Turkiyada Istanbuldagi tungi klubga avtomat bilan qurollangan holda bostirib kirib, Yangi yil bayramini nishonlayotgan odamlarni o‘qqa tutgan terrorchining yangi surati tarqatilmoqda. U tashqi ko‘rinishidan osiyoliklarni eslatadi.
Avvalgi surat kabi bunisi ham kuzatuv kameralari orqali olingan. Sifat yomonligi uning yuzi belgilarini aniq ko‘rishga imkoni bermaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni uyushtirilgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan va 69 kishi yaralangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlarning 24 nafari xorijliklar edi.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Politsiya ushbu terakt ijrochisi O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.
1 yanvar kuni terakt ijrochisi ekanida gumon qilinib, surati tarqatilgan shaxs bugun teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
12:00 / 21.10.2024