Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul aeroportida teraktga aloqadorlikda gumonlanib 2 kishi qo‘lga olindi
Turkiya hukumati Istanbuldagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportda ikki nafar xorijlikni qo‘lga oldi. Mahalliy televideniyeda xabar qilinishicha, bu shaxslar 1 yanvar kungi teraktga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Xabarda qo‘lga olingan shaxslar qaysi davlat fuqarolari ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Bundan oldingi xabarlarda Turkiya huquq-tartibot organlari teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 14 kishini qo‘lga olgani haqida aytilgandi. Ammo ular orasida terakt ijrochisi yo‘q.
Istanbuldagi Reina tungi klubiga Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxs 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi bostirib kirdi va Yangi yil bayramini nishonlayotgan odamlarni qirg‘in qildi. U hujum uyushtirgan vaqtda bino hududida 700ga yaqin kishi bo‘lgan va hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lib, 69 kishi jarohatlangan.
Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
1 yanvar kuni politsiya terakt IShID a'zosi bo‘lgan O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.
Ko‘p o‘tmasdan bu terakt Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 28 yoshli Yahyo Mashrapov tomonidan sodir etilgani haqida xabar tarqatildi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025