Jahon | 15:16 / 03.01.2017
80454
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi terakt ijrochisi qaysi mamlakat fuqarosi ekani ma'lum qilindi

Turkiya huquq-tartibot organlari Istanbuldagi Reina tungi klubida Yangi yil bayramini nishonlash uchun yig‘ilganlarni qirg‘in qilgan terrorchining shaxsi haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, bu terakt Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 28 yoshli Yahyo Mashrapov tomonidan sodir etilgan. Uning pasporti surati TRT World davlat telekanalida namoyish etilgan.

Bu hujjat unga Qirg‘iziston hukumati tomonidan 2016 yilning 21 oktabrida berilgani ma'lum.

Bu ma'lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Bundan oldinroq Mashrapovning Istanbul bo‘ylab kezib yurganida o‘zi tomonidan olingan video namoyish etilgandi.

1 yanvar kuni politsiya terakt IShID a'zosi bo‘lgan O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.

Mavzuga oid