Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal»da muhit tarang: «Bornmut»ga qarshi o‘yin vaqtida Sanches g‘azabini tiya olmadi
3 yanvar oqshomida «Arsenal» «Bornmut»ga qarshi o‘yinida qoniqarsiz natijadan tashqari, bir necha ko‘ngilsiz holatlar ro‘y berdi. Jamoa tayanch yarim himoyachisi Frensis Koklen va jamoa sardori Loran Koselni jarohat tufayli o‘yinni yakunlay olmadi.
Birinchi bo‘lim vaqtida jamoa 2ta gol o‘tkazib yuborgach futbolchilar asabiylasha boshlashdi. Xususan, jamoa yetakchisi Aleksis Sanches vaziyatlardan birida Remzini so‘kib yuborgan.
Ikkinchi bo‘limda Arsen Venger shogirdlari yana bitta gol o‘tkazib yuborishdi. O‘yinda hammadan ko‘p harakat qilgan Aleksis Sanches avvaliga javob golini urdi va keyin uning harakatlari ortida ikkinchi va uchinchi javob gollari urildi.
Uchinchi gol 90-daqiqada urildi. Lekin bu hali hisob tenglashishi edi, xolos. Bu vaqtda Sanches maydon markaziga qarab chopadi, Jiru esa golni nishonlashga vaqt ketkazadi. Bu Sanchesga yoqmayotganini uning yuzidan ko‘rish mumkin:


O‘yinning oxirgi soniyalarida jamoa hujumga o‘tayotganida «Arsenal» futbolchilaridan biri chap qanotda ochiq turgan Sanchesni ko‘rmadi va to‘pni havolatib tepib yubordi. Natijada hujum uzildi, hakam esa o‘yinni yakunlab qo‘ya qoldi.
Hushtak yangragach, Aleksis Sanches qo‘lqoplarini yechib maydonga otdi va jamoadoshlariga e'tirozlarini bildira boshladi. Bu holatlar videolari internetda tarqalgan.

Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025