Sport | 20:50 / 04.01.2017
6435
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Manchester Siti» «MYu»dan 10 yil orqada ekani haqida aytdi

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «shaharliklar» jamoasi Yevropaning top-klublari qatoriga qo‘shilish uchun yana 10 yil davomida Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.

«Bizda «Barselona», «Yuventus», «Bavariya» yoki «Manchester Yunayted»dagi kabi shonli tarix va sovrinlar yo‘q. Biz bu jamoalarga tenglashish uchun yana 10 yil davomida har yili Chempionlar ligasida ishtirok etishimiz kerak. Bunday tajriba klub uchun bitta sovrin yutishdan ko‘ra muhimroq, menga ishoning.

Biz klubdagi odamlarni ularning yaxshi ekanliklariga ishontirishimiz kerak. Ular esa chindan ham yaxshi. Xuddi muxlislarimiz kabi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan The Mirror.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid