Sport | 21:50 / 05.01.2017
10654
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Zidanning shartini bajaradi

«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidanning maoshini ikki barobar oshirmoqchi. Bu haqda El Sonfidencial xabar tarqatgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 44 yoshli fransiyalik mutaxassis yangi shartnomaga ko‘ra yiliga hozirgi 4,25 mln yevro o‘rniga 8,5 mln yevro miqdorida maosh oladi. Zidanning amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilgacha tuzilgan bo‘lib, bu muddat 2020 yilgacha qilib belgilanadi.

Zidan «Real»ga 2016 yilning yanvarida bosh murabbiy etib tayinlangandi. U o‘tgan yilda jamoa bilan Chempionlar Ligasi, UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Bundan avvalgi xabarlarda murabbiy rahbariyatga maoshini oshirish shartini qo‘yayotgani aytilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid