Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bild: Shtaynmayyer yanvar oyi oxirigacha Germaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lib qoladi
Germaniya Federativ Respublikasining amaldagi tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer yanvar oyi oxirigacha o‘z lavozimini bajarishi mumkin. 29-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi s'yezdida partiyadan mamlakat kanslerligi uchun nomzod masalasi muhokama etiladi. Bu haqda Bild nashri yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng, Yevroparlamentning hozirgi raisi Martin Shults Germaniya TIVga rahbarlik qiladi. Bild gazetasining uqdirishicha, sotsial-demokratlar yetakchisi Zigmar Gabriel nomzodi kanslerlikka ilgari suriladi.
Shtaynmayyer noyabr oyida GFRning hukmron koalitsiyasi tomonidan Germaniya prezidentligiga ilgari surilgan edi. Davlat rahbarini saylaydigan maxsus organ Federal kengash 12 fevralda yig‘iladi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yoaxim Gauk o‘tgan yilning iyun oyi boshlarida ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘ymasligini bildirgan edi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025