Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya Kubogi. «Arsenal» oxirgi daqiqada urilgan gol evaziga keyingi bosqichga chiqdi
Angliya kubogida 1/32 final o‘yinlari davom etmoqda.
«Arsenal» safarda «Preston» mehmoni bo‘ldi (O‘z vaqtida 2 marta Angliya chempioni bo‘lgan bu jamoa ayni vaqtda chempionshipda 11-o‘rinda ketmoqda) va qiyin kechgan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida urilgan gol evaziga g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Turnirning bu bosqichida Arsen Venger 20 yil yutqazmagandi va bu an'ana davom etdi.
«Arsenal» endi Angliya Kubogining 1/16 finali bosqichiga chiqdi va navbatdagi raqibini qur'a natijalariga ko‘ra bilib oladi. Keyingi bosqich masalasi bir uchrashuvda hal qilingani uchun (agar birinchi uchrashuv durang bilan yakunlansa, javob uchrashuvi o‘tkaziladi) «Preston» turnirni tark etdi.
Angliya Kubogi
3-bosqich
Preston – Arsenal 1:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Robinson, 1:1 – 46 Remzi, 1:2 – 89 Jiru.
Preston – Maksvell, Xantington, Kanningem, Vermeyl, Klark, Djonson (Xorgan, 81), Pirson, Gallaxer (Braun, 60), Makgidi, Robinson, Xyujill (Makenok, 75).
Arsenal – Ospina, Gabriel, Mustafi, Monreal, Oksleyd-Chemberlen (Uelbek, 83), Meytlend-Naylz (Xolding, 90), Remzi, Chaka, Ivobi, Peres (Ren-Adeled, 90), Jiru.
Ogohlantirishlar: Xyujill (44), Kanningem (65), Gabriel (70), Pirson (75).
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025