Jahon | 23:47 / 09.01.2017
5507
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda 80 ta davlat fuqarolari uchun 5 kunlik vizasiz tartib kiritilmoqda

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 80 ta davlat fuqarolariga mamlakatga kirish va chiqishning vizasiz tartibini o‘rnatish haqidagi farmonni imzoladi. 

"Hujjat bilan Belarusga 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga 80 ta davlat fuqarolariga Minsk aeroportidagi davlat chegarasi o‘tkazish punkti orqali kirishda vizasiz kirish tartibi o‘rnatiladi", deyilgan xabarda. Farmon Yevropaning 39 ta davlati, Braziliya, Indoneziya, AQSh va Yaponiyaga nisabatan amal qiladi. 

Hujjat "tadbirkorlar, sayyohlar, umumiy fuqarolik pasportiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar" sayohatini faollashtirishga qaratilgan va rasmiy safarlarni amalga oshiruvchi xorijliklarga amal qilmaydi.

Vetnam, Gaiti, Gambiya, Gonduras, Hindiston, Xitoy, Livan, Namibiya, Samoa fuqarolari uchun xorijga chiqish uchun hujjatda Yevropa Ittifoqi davlatlari yoki Shengen hududiga kirish uchun ko‘p marotabali viza hamda Minsk aeroportiga kelgandan keyin undan 5 kun ichida qaytib ketishni tasdiqlovchi aviachipta bo‘lishi qo‘shimcha talab hisoblanadi.

Vizasiz harakatlanishning bu qoidasi Belarusga Rossiyadan aviareyslar bilan keluvchi kishilarga hamda Rossiya aeroportlariga uchib ketmoqchi bo‘lganlarga tatbiq qilinmaydi (bu reyslar ichki hisoblanib, ularda chegara nazorati amalga oshirilmaydi). Farmon chop etilgandan bir oy keyin kuchga kiradi.

 

Mavzuga oid