Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston qirg‘iz go‘shti va sutini o‘z hududi bo‘ylab avtomobilda olib o‘tishni taqiqladi
Qozog‘iston 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab qirg‘iz go‘shti va sut mahsulotining o‘z hududi bo‘ylab avtomobil transporti orqali tranzitini taqiqladi. Bunday xat Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat veterinar va finosanitar inspeksiyasiga yuborilgan.
Unga ko‘ra, 15 korxona mahsuloti taqiqlangan. Ular Rossiya ro‘yxatiga 2016 yilning fevralida kiritilgan. Bu korxonalar o‘z mahsulotini RF hududida sotish huquqiga ega, biroq Qozog‘iston reyestriga kiritilmagan. Ularga mahsulotni faqatgina temir yo‘l transporti orqali olib o‘tishga ruxsat berildi.
Qirg‘iziston hukumati Qozog‘iston rahbariyatiga vaziyat yuzasidan izoh berishni so‘rab maktub yo‘lladi. Xususan, qozog‘istonliklar nima uchun qishloq xo‘jaligi vazirligi transport sohasidagi siyosatni belgilayotganini tushuntirib berishlari kerak.
Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga ham murojaat qilgan. U bu masalani 2017 yilning 13 yanvar kuni ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025