O‘zbekiston | 16:40 / 09.01.2017
45598
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy va Jizzax viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘iga ko‘ra Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i etib polkovnik Tursunpo‘lat Toshpo‘latov tayinlandi. U avval ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi rahbari bo‘lib faoliyat yuritgan (2015 yilning iyunidan).

Jizzax viloyati IIBga esa polkovnik Rustam Tursunov rahbar etib tayinlandi.

Mavzuga oid