Jamiyat | 00:47 / 03.03.2020
9828
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda profilaktika inspektorlari ko‘p qavatli uy derazasidan osilib qolgan yosh bolani qutqarib qolishdi

Tungi navbatchilik chog‘ida Navoiy shahri ko‘chalarini aylanib yurgan profilaktika inspektorlari yordam so‘rab baqirayotgan yosh bolaning ovozini eshitib qolishgan.

Foto: Illyustrativ foto

Profilaktika inspektori leytenant Abbos Ro‘ziqulov va profilaktika katta inspektori katta leytenant Adham Pirnazarov darhol ovoz kelayotgan tomonga qarab yugurishadi.

Navoiy viloyat IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, shaharning Jasorat ko‘chasida joylashgan 23-uyga yetib borishganda inspektorlar ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, 4-5 yoshli bola uyning 4-qavati balkonidan osilib turgan edi.

Shundan so‘ng, inspektorlar uyning 4-qavatiga ko‘tariladi va 2014 yilda tug‘ilgan R.K.ni qutqarib qoladi.

Arzimagandek ko‘ringan mazkur holat aslida mudhish yakun topishi ham mumkin edi, ammo tashkil etilgan tungi navbatchilik hamda profilaktika inspektorining jonbozligi tufayli jajji bir insonning hayoti saqlab qolindi.

Mavzuga oid