Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inesta «Real» futbolchilariga qo‘ng‘iroq qilib, ulardan uzr so‘radi
«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta «Real»ning bir qancha futbolchilariga qo‘ng‘iroq qildi va o‘z jamoasi nomidan ulardan uzr so‘radi. Bu haqda Marca xabar tarqatgan.
Kataloniyaliklar klubi futbolchilari FIFA taqdimot marosimiga kelmagani katta rezonansni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik «Barselona» bu marosimiga kelishi zarur bo‘lgani haqida gapirdi.
2016 yil futbolchisi sifatida taqdirlangan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham o‘z nutqida «Barselona» haqida esladi va shunday kunda bu jamoa futbolchilari yonida emasligidan afsusdaligini bildirdi.
Inesta «Real» futbolchilariga «Barselona»ning taqdimot marosimiga bormagani ikki jamoa futbolchilarining o‘zaro munosabatiga bog‘liq emasligini aytib o‘tgan. Inestaning so‘zlariga ko‘ra, klub Tsyurixga bormaganiga boshqa turli sabablar mavjud.
Bundan oldingi xabarlarda, «Barselona» Tsyurixga bormagani sababi jamoa futbolchilari Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Atletik»ka qarshi 11 yanvar kuni o‘tkaziladigan uchrashuvga yaxshiroq tayyorlanish zarurligi bilan bog‘liqligi aytilgandi. Ushbu jamoalarning birinchi uchrashuvida basklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
«Barselona» rahbariyati chiqargan qaror FIFAni ranjitdi
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025