Iqtisodiyot | 08:08 / 10.01.2017
10814
2 daqiqa o‘qiladi

Kashandalik dunyo iqtisodiyotiga qanchaga tushmoqda

Chekish jahon iqtisodiyotiga har yili 1 trillion AQSh dollariga tushadi. Bunga sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan sarf-xarajatlar va ishlab chiqarishning pasayishi kiradi. Bunday xulosa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va AQSh onkologiya Milliy instituti bilan hamkorlikdagi qo‘shma hisobotda taqdim etildi, deb xabar beradi Reuters.

Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, tamaki iste'moli sabab yuz beruvchi o‘lim holati 2030 yilga borib jiddiy ravishda ortadi.

«Tamaki sabab yuz beradigan o‘lim holatlari 2030 yilga borib har yil 6 million kishidan 8 millionga yetadi. Shu bilan bir qatorda, bunday holatlarning 80 foizdan ortiqrog‘i o‘rta va past daromadga ega mamlakatlarda qayd etiladi», - deyiladi hisobotda.

Shuningdek, tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab tamaki iste'mol qiluvchilar soni ortib bormoqda.

«Chekish har yili sog‘liqni saqlash tizimi va ishlab chiqarishning pasayishi sabab dunyo iqtisodiyotiga 1 trillion AQSh dollari miqdorida zarar keltiradi», - deb xabar qilishdi mutaxassislar.

Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar aholi o‘rtasida tamaki iste'molini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarga ega, biroq so‘nggi vaqtda ular bu sohada faollik ko‘rsatishmayapti.

Mavzuga oid