Jahon | 08:34 / 10.01.2017
3966
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaraguada prezident inauguratsiyasiga bir kun qolganda chiroq o‘chdi

Foto: RIA

Nikaraguada dushanba kuni elektr ta'minotida ommaviy uzilishlar ro‘y berdi. Bu holat mamlakat prezidenti Daniel Orteganing yangi muddatga kirishishidan bir kun avval yuz bergan.

Elektr quvvatini uzatish bo‘yicha milliy kompaniya direktori Salvador Mansellning xabar berishicha, avariyaga kuchli shamollar sabab bo‘lgan. Ular Nikaraguani qo‘shni Gonduras bilan bog‘lab turuvchi elektruzatish liniyalarini uzib yuborgan.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy uzilishlar mamlakatning asosan g‘arbi va shimoli-g‘arbida kuzatilgan. Biroq La Prensa portalining ta'kidlashicha, mamlakatning deyarli barcha departamentlaridagi iste'molchilar chiroqsiz qolgan.

Ma'lumot uchun, Nikaragua prezidentligiga ketma-ket uchinchi bor saylangan Daniel Orteganing inauguratsiya marosimi bugun, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak. 

   

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid