Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi maktabda musulmon qizlar suzish mashqlariga o‘g‘il bolalar bilan birga qatnashlariga to‘g‘ri keladi
Shveytsariya Yevropa inson huquqlari sudida (YeIHS) da'vo ishini yutib chiqqanidan keyin musulmon qizlar va o‘g‘il bolalarning suzish mashqlariga birgalikda qatnashlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqida 10 yanvar, seshanba kuni BBC News nashri xabar berdi.
Sudyalar mamlakat hukumati o‘quvchilardan "maktab dasturini to‘liq hajmda o‘zlashtirish"ni talab qilish huquqiga ega, degan xulosaga kelishdi. Shunday bo‘lsa-da, ular mazkur holatda diniy erkinlikning buzilishi mavjudligini tan olishmoqda.
The Independent'ga ko‘ra, Shveytsariyaning asli turkiyalik bo‘lgan ikki fuqarosi - Aziz Usmono‘g‘li va Sahobat Ko‘jabash YeIHSga murojaat qilishgan. Manbada aytilishicha, ular o‘zlarining o‘smir yoshidagi qizlariga o‘g‘il bolalar bilan birga suzish mashqlariga qatnashni man qilishgan. Bundan bir necha yil avval Bazel sudi ularni ota-onalik majburiyatlarining bajarilmaslikda ayblab, 1.3 ming yevro jarima to‘lashga majbur qilgandi.
YeIHS qarori Shveytsariya, Shvetsiya, Ispaniya, Serbiya va Slovakiya sudyalari tomonidan qabul qilingan.
Sudda Shveytsariya hukumati murosaga tayyor ekanligini bildirib, qizlarga hovuzda burkini (musulmon ayollarga mo‘ljallangan cho‘milish kiyimi) kiyishga ruxsat berilishini ta'kidlashdi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025