Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ummonda dunyoda birinchi eko-masjid bunyod etiladi
Dunyodagi ilk, to‘liq "yashil energiya"da faoliyat yurituvchi masjid tez orada Ummonda barpo etiladi. Bu haqida mahalliy "Times of Oman" nashrida ma'lum qilindi.
"Biz loyihani yaratish ishlarining 90 foizini tugalladik. Hozirda masjid tomiga quyosh panellarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda", - deya ma'lum qildi loyiha me'mori Badr Al-Xadabiy.
U masjid qurilishi uchun hukumat ruxsatini kutmoqda. Bino o‘z ichiga 50 nafargacha ibodatchini sig‘dira oladi. Xadabiy inshoot hajmining u qadar katta bo‘lmasligini xonadagi havoni tozalash tizimi uchun juda katta miqdordagi energiya kerak bo‘lishi bilan izohladi.
Xadabiy mamlakat energiyasi iste'molining katta qismi konditsionerlarga to‘g‘ri kelishini qayd etdi. U loyiha sultonlikdagi barcha qurilish sohasi uchun model vazifasini o‘tashiga umid bildirdi.
Shunisi qiziqki, 2016 yilning noyabrida OAVda Dubayda dunyodagi ilk eko-masjid ochilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
12:52 / 03.04.2025
Oman Air O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
13:41 / 28.03.2025
Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
13:03 / 18.01.2025