Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini poyezd ostiga itarib yuborgan shaxs qo‘lga olindi
10 yanvar kuni Peterburg metrosidagi "Aleksandr Nevskiy" bekatida ro‘y bergan qotillik bo‘yicha ish olib borayotgan politsiya ushbu qotillikni sodir etishda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi.
"Fontanka" nashrining xabar berishicha, qirg‘izistonlik 22 yoshli yigit ayni vaqtda mahkamada so‘roq qilinmoqda.
U 10 yanvar kuni metroda poyezd ostiga o‘zbekistonlik 22 yoshli yigitni itarib yuborishda gumondor. Poyezd to‘xtashga ulgurmagan va o‘zbekistonlik yigit fojiali tarzda halok bo‘lgan.
Bu hodisa kuzatuv kameralari orqali tasodifiy hodisa emasligi, qasddan amalga oshirilgan qotillik ekani aniqlandi.
Tergov qo‘mitasi ushbu hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105 — "Qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025